Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat I. Qodirova O‘rikzor MFY hokim yordamchisi Nigora Xalilovaning faoliyatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Jumladan, "Ayollar daftari"ning 2-toifasida ro‘yxatda turgan fuqaro Musoyeva Malikaga imtiyozli kredit olishda amaliy yordam ko‘rsatilgan hamda 45 nafar xotin-qiz pillachilikka jalb etilib, ularning bandligi ta’minlangani qayd etildi.