Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

#doimiykomissiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Bugun xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda komissiya a’zolari, hisobot beruvchi hamda Toshkent shahar Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zosi Nasrullayev Baxtiyor Fayzulla o‘g‘li ham ishtirok etdi.

📝 Mazkur komissiya yig‘ilishi kun tartibiga kiritilgan Yoshlar muammolarini o‘rganish, ularni hal etishga ko‘maklashish, yosh avlodning iste’dodi va qobiliyatini rivojlantirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish choralarini ko‘rishga qaratilgan ishlar to‘g‘risidagi masala yuzasidan Yoshlar ishlari agentligining Toshkent shahar yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i-Nabiev Shaxzod Rustam o‘g‘li hisobot berdi.

🔎 Mazkur masala komissiya a’zolari tomonidan atroflicha muhokamalarga sabab bo‘ldi. Yakunda kun tartibiga kiritilgan masala komissiya a’zolari tomonidan bir ovozdan maqullandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 6