📌 Qurilish ishlari sifati o‘rganildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining 2-«Jarbuloq» saylov okrugi deputati B.Amanov tomonidan "Do’stlik" MFY hududidagi 5-maktabgacha ta’lim tashkiloti qurulish ishlarini joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida bajarilayotgan qurilish ishlarining sifati, belgilangan me’yorlarga muvofiqligi hamda ishlarning borishi ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Deputatlar tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari ustidan jamoatchilik nazorati izchil davom ettirilmoqda.