Жаңалықлар

#qonun_19_1_modda #doimiy_komissiya #deputatlik_nazorati #tavsiyalar #ekspert_guruhi #162_qonun
#qonun_19_1_modda
#doimiy_komissiya
#deputatlik_nazorati
#tavsiyalar
#ekspert_guruhi
#162_qonun

Ko‘p qavatli uylar oldidagi chiqindi maydonlari holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati F. Aminov, Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev, deputat Sh. Isamutdinov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Z. Temirova tomonidan ko‘p qavatli uylar oldidagi chiqindi yig‘ish joylarining holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida chiqindi maydonlarining sanitariya holati, chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish jarayonlari, hududning obodonlashtirilganlik darajasi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, ko‘p qavatli uylar atrofida tozalikni ta’minlash, chiqindilarni belgilangan tartibda boshqarish hamda aholi uchun qulay va sanitariya talablariga mos sharoitlarni yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash