Жаңалықлар

📢 Qonun ijrosi deputat nazoratida

📢 Qonun ijrosi deputat nazoratida
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputati B.Amanov va tuman hokimining maslahatchisi X.Boymurodova hamkorligida “Oqtosh” MFY hududida O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-776) ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Jarayonda tashqi reklama vositalarining qonun talablariga muvofiq joylashtirilishi, davlat tilida rasmiylashtirilishi hamda iste’molchilarni chalg‘ituvchi yoki haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan reklama holatlarining oldini olish masalalari tahlil qilindi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga qonun talablariga qat’iy rioya qilish, tashqi reklama ob’yektlarini belgilangan tartibda joylashtirish va aholiga ishonchli axborot yetkazilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2