Жаңалықлар

🔰Strategiya ijrosi amalda.

📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati M.Mamatkulov tomonidan “O‘zbekiston–2030” strategiyasining 39-maqsadida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan umumtaʼlim maktablari kutubxonalari faoliyati yuzasidan jamoatchilik monitoringi o‘tkazildi.

📚Mazkur maqsad doirasida davlat tili nufuzini oshirish, o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalarini keng ommalashtirish, jamiyatda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatish tizimini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

 🔎Monitoring jarayonida maktab kutubxonalarining joriy holati, badiiy kitob fondi, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kitobxonlik muhitini shakllantirish hamda yoshlarni mutolaaga jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Slide 1 of 4