Жаңалықлар

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi


Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari E.Babayev, N.Turdiyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D.Shakarboyevlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-377-sonli qarori ijrosi doirasida Yangi hayot mahallasi hududida joylashgan 11-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan mukammal ta’mirlash ishlari holati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi, belgilangan loyiha asosida bajarilayotgan ishlar sifati hamda obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish masalalari yuzasidan monitoring olib borildi. Aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda qurilish ishlarini sifatli yakunlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6