Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Kotibiyat bosh mutaxassisi J.Butayev Oqtosh MFYdagi hokim yordamchisi faoliyatini oʻrgandi

Kotibiyat bosh mutaxassisi J.Butayev Oqtosh MFYdagi hokim yordamchisi faoliyatini oʻrgandi
📌 Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Butayev tomonidan tuman Kengashi ish rejalariga muvofiq, “Oqtosh” mahalla fuqarolar yigʻinida navbatdagi oʻrganish tadbiri oʻtkazildi.
🔍 Mazkur oʻrganishda mahalladagi hokim yordamchisining faoliyati, xususan, aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, kambagʻallikni qisqartirish hamda “mahallabay” ishlash tizimi samaradorligi tahlil qilindi.
📉 Shuningdek, hokim yordamchisi tomonidan aholiga imtiyozli kreditlar va subsidiyalar ajratilishi, tomorqalardan unumli foydalanish hamda yangi ish oʻrinlarini yaratish borasida amalga oshirilgan ishlar holati koʻrib chiqildi.
💬 Yakunda aniqlangan masalalar boʻyicha mahalladagi drayver sohalarni rivojlantirish va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2