Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Jasur Quryazov tuman hokimligining Oila va xotin-qizlar bo‘limida ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy va huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Deputat tizim samaradorligini yanada oshirish hamda mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan o‘z takliflarini bildirdi.

Slide 1 of 1