Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashi kotibiyati mudiri, tuman Kengashi deputati D. Valiyeva tomonidan Yoshlik mahallasi aholisini uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammo o‘rganilib, uni tizimli hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi.
Mazkur masala yuzasidan tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlariga deputat so‘rovi yuborilib, muammoni tizimli hal etish maqsadida “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan zarur mablag‘ ajratish masalasi Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga olib chiqildi.
Natijada, 2026-yil 12-martdagi Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining VII-17-28-6-80-K/26-sonli qarori bilan Yoshlik mahallasidagi ichimlik suvi qudug‘ini ta’mirlash xarajatlari uchun 135 000 000 (bir yuz o‘ttiz besh million) so‘m mablag‘ ajratildi.