Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 16-Go‘rmiron saylov okrugidan saylangan deputat D. Valiyeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi H. Sharipov tomonidan Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
O‘rganish davomida Kosonsoy tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i A. Xolmatovning mahalliy budjet daromadlari ijrosi, qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash borasida amalga oshirilgan ishlar hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning undirilishi holati atroflicha tahlil qilindi.