Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Fuqarolar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
Bozorlarda narx-navo va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi.
янв.21
Baxmal tumanida ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha muammolar o‘rganildi.
янв.21
Yoshlarning bo‘sh vaqti “Dolzarb 90 kun” deputatlar e’tiborida.
янв.21
Fermerlar manfaati – deputatlik nazorati markazida
янв.21
Deputat tashabbusi bilan saylov okrugida yo‘llar obod bo‘lmoqda.
янв.21
30-iyun — Oʻzbekiston yoshlari kuni muborak! Aziz yoshlar, ertamiz egalari!
янв.21
Sessiya kotibi axboroti tinglandi.
янв.21
Doimiy komissiyalar shaxsiy tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qaror tasdiqlandi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi muhokama qilindi.
KENGASH DEPUTATLARI HAMDA PROKURATURA ORGANLARI HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna hamda tuman Kengashi deputati, “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya”si raisi Salimboyev Xasan Dilmurodovich deputatlik faoliyati doirasida o‘ziga biriktirilgan Parkent tumani prokuraturasida bo‘lib, tuman prokurori, adliya katta maslahatchisi Qahramon Xaydarovich Mirsagatov bilan uchrashdi.️Uchrashuv davomida Kengash deputatlari va prokuratura organlari hamkorligini mustahkamlash, qonunlar ijrosini samarali ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar, joylarda aholi bilan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikdagi targ‘ibot tadbirlari o‘tkazish, huquqbuzarliklarni sodir etishga sabab bo‘layotgan ijtimoiy-maishiy muammolarni ijtimoiy profilaktika choralari orqali mas’ul idoralar bilan bartaraf etish masalalariga e’tibor qaratildi.️Shuningdek, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish, bu boradagi islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazishni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.️Muloqot yakunida tumanda qonuniylikni mustahkamlash, huquq tartibotni kuchaytirish hamda jinoyatchilikni oldini olish va unga qarshi kurashish borasida Kengash deputatlari hamda prokuratura organlari hamkorligi faoliyat samaradorligiga muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi 

Slide 1 of 7