Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Fuqarolar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
Bozorlarda narx-navo va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi.
янв.21
Baxmal tumanida ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha muammolar o‘rganildi.
янв.21
Yoshlarning bo‘sh vaqti “Dolzarb 90 kun” deputatlar e’tiborida.
янв.21
Fermerlar manfaati – deputatlik nazorati markazida
янв.21
Deputat tashabbusi bilan saylov okrugida yo‘llar obod bo‘lmoqda.
янв.21
30-iyun — Oʻzbekiston yoshlari kuni muborak! Aziz yoshlar, ertamiz egalari!
янв.21
Sessiya kotibi axboroti tinglandi.
янв.21
Doimiy komissiyalar shaxsiy tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qaror tasdiqlandi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi muhokama qilindi.
HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 13-“Istiqbol” saylov okrugidan saylangan deputat Maxmudova Baxtinisa Zuxriddinovna tomonidan o‘zi saylangan hududdagi “Istiqbol” mahallasida hokim yordamchisi tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash hamda daromad manbalarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan deputatlik nazorati doirasida o‘rganish olib borildi. O‘rganish davomida “Istiqbol” MFY hokim yordamchisi I.Mirkamolovning mazkur yo‘nalishdagi faoliyati yuzasidan hisoboti tinglanib, erishilgan natijalar va mavjud muammolar atroflicha tahlil qilindi.Tahlillar natijasida 8 nafar ishsiz fuqaroning bandligi ta’minlangani, yil boshidan buyon 8 nafar fuqaroga imtiyozli kredit ajratilgani qayd etildi.Deputat tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini yanada oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda belgilangan vazifalar ijrosi ustidan tizimli deputatlik nazoratini davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, mahalla yettiligi bilan hudud aholisini qiynab kelayotgan masalalar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.  

Slide 1 of 3