Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Fuqarolar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
Bozorlarda narx-navo va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi.
янв.21
Baxmal tumanida ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha muammolar o‘rganildi.
янв.21
Yoshlarning bo‘sh vaqti “Dolzarb 90 kun” deputatlar e’tiborida.
янв.21
Fermerlar manfaati – deputatlik nazorati markazida
янв.21
Deputat tashabbusi bilan saylov okrugida yo‘llar obod bo‘lmoqda.
янв.21
30-iyun — Oʻzbekiston yoshlari kuni muborak! Aziz yoshlar, ertamiz egalari!
янв.21
Sessiya kotibi axboroti tinglandi.
янв.21
Doimiy komissiyalar shaxsiy tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qaror tasdiqlandi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi muhokama qilindi.
Bugun, 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni!

Bu sana jamiyatimiz hayotida muhim o‘rin tutadigan, xalq bilan davlat o‘rtasida ishonch ko‘prigini barpo etuvchi, haqiqat va xolislikni ustuvor qadriyat deb biladigan fidoyi insonlarning kasb bayramidir. Matbuot va ommaviy axborot vositalari sohasi vakillari o‘zlarining mas’uliyatli mehnati, yuksak kasbiy mahorati va Vatan ravnaqi yo‘lidagi xizmatlari bilan yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelmoqdalar.

Bu kunda nafaqat jurnalist va muxbirlarni, balki har bir xabar, lavha va ko‘rsatuv ortida mehnat qilayotgan muharrirlar, operatorlar, videograflar, montaj ustalari, fotojurnalistlar, dizaynerlar, rejissyorlar, ovoz operatorlari hamda axborot sohasining barcha fidoyi xodimlarini alohida e’tirof etamiz. Ularning izlanishi, mas’uliyati va fidoyiligi tufayli jamiyat dolzarb voqealar, islohotlar va yangiliklardan o‘z vaqtida xabardor bo‘lib bormoqda.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi nomidan barcha matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz!

Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, ijodiy ilhom, kasbiy faoliyatingizda ulkan zafarlar va yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Qalamingiz o‘tkir, nigohingiz teran, so‘zingiz esa doimo haqiqat va ezgulik xizmatida bo‘lsin!

Slide 1 of 1