Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Fuqarolar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
Bozorlarda narx-navo va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi.
янв.21
Baxmal tumanida ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha muammolar o‘rganildi.
янв.21
Yoshlarning bo‘sh vaqti “Dolzarb 90 kun” deputatlar e’tiborida.
янв.21
Fermerlar manfaati – deputatlik nazorati markazida
янв.21
Deputat tashabbusi bilan saylov okrugida yo‘llar obod bo‘lmoqda.
янв.21
30-iyun — Oʻzbekiston yoshlari kuni muborak! Aziz yoshlar, ertamiz egalari!
янв.21
Sessiya kotibi axboroti tinglandi.
янв.21
Doimiy komissiyalar shaxsiy tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qaror tasdiqlandi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi muhokama qilindi.
MUNOSABAT:Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish to‘g‘risidagi qonun – yer resurslaridan oqilona foydalanishning muhim huquqiy asosi bo'lib xizmat qiladi.

MUNOSABAT:Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish to‘g‘risidagi qonun – yer resurslaridan oqilona foydalanishning muhim huquqiy asosi bo'lib xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 2-fevralda qabul qilingan “Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish to‘g‘risida”gi O‘RQ–903-sonli Qonuni yer resurslarini asrash, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan muhim huquqiy hujjat hisoblanadi.
Mazkur Qonunning mohiyati yuzasidan Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati Baxromov Isoxon Nosirovich o‘z munosabatini bildirib shunday dedi.Tuproq qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligining asosiy manbai hisoblanadi. Shu bois tuproqni muhofaza qilish, uning degradatsiyasi va sho‘rlanishining oldini olish, unumdorligini oshirish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir.

O‘RQ–903-sonli Qonun orqali tuproq resurslarini muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish hamda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha aniq huquqiy mexanizmlar belgilab berildi. Bu esa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish samaradorligini oshirish, ekologik muvozanatni saqlash va kelajak avlodlar uchun yer resurslarini asrab-avaylashga xizmat qiladi.