Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Kotib

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi hamda xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining partiya deputatlari Mirzo Ulug‘bek shaharchasidagi “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining filialidagi ta’lim jarayoni bilan tanishdilar.

Tadbirda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi raisi Aygul Pernebekova, partiya deputatlari Botir Nurmatov, Shavkat Abdukamilov va Shoanvar Shamaxmudovlar hamda partiya faollari ishtirok etdilar.

 Tashrif oliy ta’lim muassasasida talabalarning sifatli bilim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayonining tashkil etilishi, moddiy-texnik bazasining holati hamda yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishib, talabalar uchun mavjud imkoniyatlarni kengaytirish va sohadagi dolzarb masalalar yuzasidan mas’ullar bilan muloqot o‘tkazildi.

Slide 1 of 4