Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Deputat so'rovi

Baxmal tuman Kengashi deputati tomonidan ichimlik suvi muammosi yuzasidan deputat soʻrovi yuborildi
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputati Hafiza Saidova tomonidan “Jizzax suv taʼminoti” AJ Baxmal tuman filiali rahbari J.Salarovga rasmiy deputat soʻrovi yuborildi.
Deputat soʻrovida “Novqa” MFY tarkibidagi Oʻrta qishloq qishlogʻi aholisini koʻp yillardan buyon qiynab kelayotgan toza ichimlik suvi muammosini hal etish, hududni markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlash boʻyicha loyiha hujjatlarining mavjudligi hamda tarmoq tortish ishlarining 2026-yilgi davlat dasturlariga kiritilganligi yuzasidan rasmiy maʼlumot taqdim etish talab qilingan.
Masala deputat nazoratida.