Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 3-“Ko‘kpatas” saylov okrugidan saylangan deputati B.Kuzenbayev tomonidan “Mingbuloq” OFY hududida aholi iste’moli uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj mahsulotlari, ularning narx-navolari o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida savdo shoxobchalarida asosiy turdagi mahsulotlarning mavjudligi, narxlarning barqarorligi hamda aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish holatiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi.

Aholini sifatli va hamyonbop mahsulotlar bilan ta’minlash, narx-navolar barqarorligini nazorat qilish borasidagi ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 2