Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
30-iyun — Oʻzbekiston yoshlari kuni muborak! Aziz yoshlar, ertamiz egalari!
янв.21
Sessiya kotibi axboroti tinglandi.
янв.21
Doimiy komissiyalar shaxsiy tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qaror tasdiqlandi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi muhokama qilindi.
янв.21
Deputatlar tashabbusi: Baxmal tuman madaniyat bo‘limi binosi ta’mirlanadi
янв.21
Mahalliy budjet daromadlari ijrosi holati, qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
Sessiya kotibi saylandi
янв.21
✨ 30-iyun – Yoshlar kuni
янв.21
Deputat tashabbusi bilan mahallada piyodalar uchun qulay sharoit yaratilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi kotibiyati hamda xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi bosh mutaxassisi A.Toshtemirov hamkorligida amaliy muloqot va tajriba almashinuvi tadbiri tashkil etildi.
Jayxun” MFYda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amaliy natijalar o‘rganildi

 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Aralbaeva Inkar Karlibayevna hamda Kengash kotibiyati mudiri Matniyazov Akbar Qadirovich “Jayxun” MFYda hokim yordamchisi A.Kudaybergenov tomonidan aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi. 

🔍 O‘rganish davomida mahallada davlat dasturlari asosida qo‘llab-quvvatlangan tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi. 

🏭 Xususan, P.Aytniyazovga PQ-149-sonli qaror asosida imtiyozli kredit olishda ko‘maklashilib, natijada plastik eshik va oyna romlari ishlab chiqarish faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. 

🛒 Shuningdek, tadbirkor G.Barlibaevaga ham mazkur qaror asosida kredit ajratilishiga yordam berilib, mahallada oziq-ovqat do‘koni tashkil etilgan va bugungi kunda aholiga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. 

🤝 O‘rganish jarayonida tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud imkoniyatlar, muammolar hamda faoliyatni yanada rivojlantirish masalalari
yuzasidan fikr almashildi. 

📌 Amalga oshirilayotgan bunday ishlar aholi daromadlarini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va kambag‘allikni qisqartirishda muhim natijalar bermoqda.  

Slide 1 of 6