Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Fuqarolar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
Bozorlarda narx-navo va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi.
янв.21
Baxmal tumanida ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha muammolar o‘rganildi.
янв.21
Yoshlarning bo‘sh vaqti “Dolzarb 90 kun” deputatlar e’tiborida.
янв.21
Fermerlar manfaati – deputatlik nazorati markazida
янв.21
Deputat tashabbusi bilan saylov okrugida yo‘llar obod bo‘lmoqda.
янв.21
30-iyun — Oʻzbekiston yoshlari kuni muborak! Aziz yoshlar, ertamiz egalari!
янв.21
Sessiya kotibi axboroti tinglandi.
янв.21
Doimiy komissiyalar shaxsiy tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qaror tasdiqlandi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi muhokama qilindi.
Deputat M.Mamurjonova “Bobotog‘” mahallasida:

Deputat M.Mamurjonova “Bobotog‘” mahallasida:

Oilalar mustahkamligi va xotin-qizlar bandligi bosh maqsad
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati M.Mamurjonova xotin-qizlar muammolarini joyida o‘rganish maqsadida tumandagi “Bobotog‘” mahallasida istiqomat qiluvchi ayollar bilan ochiq muloqot tashkil etdi.

Uchrashuvda deputat tomonidan bugungi kunda jamiyatimizdagi eng dolzarb masalalardan biri bo‘lgan ajrim yoqasidagi oilalar muammosiga alohida e’tibor qaratildi.

M.Mamurjonova har bir nizoli oilaning xonadoniga kirib borish, ajrim yoqasiga kelib qolgan xotin-qizlarni ma’naviy va ruhiy qo‘llab-quvvatlash hamda muqaddas oila rishtalarini saqlab qolish uchun bor imkoniyatlarni safarbar etish zarurligini ta’kidladi.

Muloqot davomida deputat M.Mamurjonova mahalladagi xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalasini ustuvor vazifa sifatida o‘rtaga tashladi. Ishsiz ayollarni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik va kasanachilikni rivojlantirish orqali ularning mustaqil daromad manbaiga ega bo‘lishlariga ko‘maklashish choralari muhokama qilindi.