Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Fuqarolar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
Bozorlarda narx-navo va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi.
янв.21
Baxmal tumanida ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha muammolar o‘rganildi.
янв.21
Yoshlarning bo‘sh vaqti “Dolzarb 90 kun” deputatlar e’tiborida.
янв.21
Fermerlar manfaati – deputatlik nazorati markazida
янв.21
Deputat tashabbusi bilan saylov okrugida yo‘llar obod bo‘lmoqda.
янв.21
30-iyun — Oʻzbekiston yoshlari kuni muborak! Aziz yoshlar, ertamiz egalari!
янв.21
Sessiya kotibi axboroti tinglandi.
янв.21
Doimiy komissiyalar shaxsiy tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qaror tasdiqlandi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi muhokama qilindi.
Deputat so‘rovi: Aholi murojaatlari e’tiborda!

Deputat so‘rovi: Aholi murojaatlari e’tiborda!

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Shuxratjon Xaydarkulovich Raxmonov tomonidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i F.Kenjayevga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Uzun tumani “Chaqar” mahallasining “Chinor” va “Yoshlik” ko‘chalari ta’mirlanmaganligi sababli bahorda loy, yozda esa chang-to‘zon bo‘lib, aholi qatnoviga jiddiy qiyinchilik tug‘dirib kelayotgan edi. Ushbu masala yuzasidan saylovchilar tomonidan deputatga qayta-qayta murojaat kelib tushgan.

Deputat Sh.Raxmonov qonuniy vakolatlaridan kelib chiqib, mazkur ko‘chalarga tosh-shag‘al to‘kib berish muammosini ijobiy hal etish hamda amaldagi ishlar bo‘yicha ma’lumot taqdim etish yuzasidan rasmiy so‘rov kiritdi.

Aholi farovonligi va yo‘llar obodligi yo‘lidagi ishlar nazoratga olingan.