📌Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D.Shakarboyev hamda Yangi davr mahallasi raisi va ijtimoiy xodimi bilan hamkorlikda mahallada istiqomat qiluvchi fuqaroning murojaati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
✅O‘rganishlar jarayonida murojaatda ko‘tarilgan masala atroflicha tahlil qilinib, tegishli choralar ko‘rildi. Natijada fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi.
🔷Mazkur ishlar aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning muammolariga yechim topish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning amaliy ifodasi hisoblanadi.
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.