Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Sardoba tumani hokimi deputati Ziyadulla Karimov "Yangiqishloq" mahallasida pilla boqish bilan shug‘ullanayotgan xonadonlarga tashrif buyurdi. Tashrif davomida tuman hokimi aholi bilan yaqindan suhbatlashib, ipak qurti parvarishi jarayoni, yaratilgan sharoitlar hamda mavjud muammolar bilan tanishdi.

Mahalla aholisi tomonidan pilla boqish uchun ajratilgan xonalar, oziqa bazasi va mehnat jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Tuman hokimi ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni qo‘llab-quvvatlash, pilla yetishtirish hajmini oshirish hamda aholining daromadini ko‘paytirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Slide 1 of 8