Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining asosiy maqsadi nima?

Soliq kodeksi davlat va soliq to‘lovchilar o‘rtasidagi soliq munosabatlarini adolatli va qonuniy tartibga solishga xizmat qiladi.

⚖️Adolat va tenglik — barcha soliq to‘lovchilar uchun teng sharoit yaratish.
📈Iqtisodiy o‘sish — tadbirkorlik va investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash.
🏛Davlat budjeti — ta’lim, tibbiyot, infratuzilma va ijtimoiy sohalarni moliyalashtirishga xizmat qilish.
🤝Shaffoflik — soliq to‘lovchilarning huquqlarini himoya qilish va davlat organlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash.

💡Soliq — yurt ravnaqi, obod mahalla va farovon hayot garovidir!

🎉Barcha soliq xodimlarini kasb bayrami bilan muborakbod etamiz! Mehnatingizga omad va faoliyatingizga muvaffaqiyat tilaymiz!

Bizni kuzatishda davom eting!