35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

#162_ta_qonun
#162_ta_qonun

🇺🇿 XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI HIMOYaSI — DEPUTAT E’TIBORIDA

🔰 Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashi 10-Ravot saylov okrugi deputati M. Baratova hamda Ravot mahallasi yettiligi vakillari bilan hamkorlikda hududda O‘zbekiston Respublikasining «Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish jarayonida qonun talablarining mahallada amalda qanday ta’minlanayotgani, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish hamda ularni barvaqt aniqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

🔖 Ayollar bilan bevosita muloqot

O‘rganishlar davomida xotin-qizlar bilan yuzma-yuz uchrashuv va ochiq suhbatlar tashkil etilib, ularning kundalik hayotida uchrayotgan muammolar, murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglandi.

💬 Ayniqsa, oilaviy munosabatlar, ijtimoiy himoya, bandlik, huquqiy savodxonlik va turli ijtimoiy masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlarga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Suhbatlar jarayonida xotin-qizlarga o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish mexanizmlari, zarur hollarda murojaat qilish tartibi hamda mavjud ijtimoiy va huquqiy ko‘mak imkoniyatlari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

🔖 Profilaktika — eng muhim vazifa

Tadbir davomida tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishda profilaktik ishlar samaradorligini oshirish, xavf guruhiga kiruvchi oilalar bilan manzilli ishlash, muammoli vaziyatlarni erta bosqichda aniqlash va ularni bartaraf etishda mahalla yettiligi a’zolarining hamkorligini kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

👉 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Rasmiy sayt|📱 Telegram|📱 Facebook| 📱 Instagram| 📱 Youtube
Slide 1 of 4