Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uzunqishloq mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Uzunqishloq MFYda profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari xonadonma-xonadon o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi kotibiyat mudiri D. Valieva hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi A. Dadajonov tomonidan tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashi kotibiyati mudiri D. Valieva hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi A. Dadajonov tomonidan Uzunqishloq mahallasida joylashgan 11-son davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Qorasuv mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Qorasuv mahallasida ko‘p qavatli turar-joy qurilishi o‘rganildi
янв.21
Yoshlik mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati tahlil qilindi 📌 Yoshlik mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi”ning faoliyati, aholi bilan ishlash tizimi hamda mahallada amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
"Tashabbusli byudjet" loyihasi doirasidagi qurilish ishlari deputat tomonidan o‘rganildi 🏦 Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining Majnuntol saylov okrugidan saylangan deputati M. Teshaboev tomonidan "Soycha" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida "Tashabbusli byudjet" loyihasi asosida amalga oshirilayotgan asfaltlash ishlarining borishi joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi. 🚜 O‘rganish davomida yo‘llarga asfalt qoplamasini yotqizish ishlarining sifati, belgilangan texnik talablarga rioya etilishi, qurilish ishlarining bajarilish darajasi hamda loyihaning amalga oshirilish sur’ati atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, pudratchi tashkilot va mas’ul mutasaddilar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ishlarni o‘z vaqtida va sifatli yakunlash masalalari muhokama etildi. 🤝 Deputat tomonidan ajratilgan byudjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish, qurilish ishlarida sifat nazoratini kuchaytirish hamda aholi uchun xavfsiz, zamonaviy va qulay yo‘l infratuzilmasini yaratish ustuvor vazifalardan ekani ta’kidlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashining 1-Bahoriston saylov okrugida deputatlik o‘rni vakant bo‘lganligi munosabati bilan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi H. Sharipov tomonidan hududda istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlari, ularni qiynayotgan dolzarb masalalar hamda mavjud muammolarni aniqlash maqsadida joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
HUDUDDAGI MADANIYAT MUASSASALARI HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi deputati, doimiy komissiya raisi Maxmudova Baxtinisa Zuxriddinovna hamda deputat Ashirmatova Xurshida Soliyevnalar tomonidan hududdagi madaniyat muassasalari faoliyati o‘rganildi.Jumladan, deputatlar Parkent tumani 29-son bolalar musiqa va san’at maktabida yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayonining tashkil etilishi hamda moddiy-texnik bazaning holati bilan yaqindan tanishishdi.O‘rganish davomida musiqa yo‘nalishida foydalanilayotgan cholg‘u asboblari, o‘quvchilarning respublika va xalqaro ko‘rik-tanlovlarda erishgan yutuqlari, o‘quv xonalari, konsert zali, yoritish hamda ovoz kuchaytirish vositalari, sahna liboslari bilan ta’minlanganlik darajasiga alohida e’tibor qaratildi.Shuningdek, madaniyat sohasi xodimlari bilan muassasada faoliyat yuritayotgan amaliy va ijodiy to‘garaklar, yoshlarni
san’atga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.Deputatlar tomonidan hududdagi madaniyat muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish, yosh avlodning iste’dod va qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash, milliy madaniy merosimiz hamda qadriyatlarimizni targ‘ib etishga qaratilgan ishlarni kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.Madaniyat muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik
nazorati va o‘rganish ishlari bundan buyon ham izchil davom ettiriladi.
  

Slide 1 of 4