Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashi kotibiyati mudiri D.Valiyeva va bosh mutaxassisi H.Sharipov tomonidan “Hurriyat-1” mahallasida faoliyat yuritayotgan tikuvchilik sexi hamda unda mehnat qilayotgan xotin-qizlarning ish faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashi kotibiyati mudiri D.Valiyeva tomonidan “Hurriyat-1” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Hurriyat-1 mahallasida soliq tushumlari va infratuzilma masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashi kotibiyat mudiri 16-Go'rmiron saylov okrugi deputati D.Valiyeva tomonidan Hurriyat -1 mahallasida xotin-qizlar bandligi holati o‘rganildi.
янв.21
MAHALLADAGI ICHIMLIK SUVI MUAMMOSI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADAGI TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
GEOGRAFIK OBYEKTLARNI NOMLASH VA QAYTA NOMLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 16-Go'rmiron saylov okrugidan saylangan deputat D. Valiyeva tomonidan Yoshlik mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati hamda sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashi kotibiyati mudiri D. Valiyeva hamda tuman hokimligining yuridik xizmati bosh mutaxassisi N. Kamalova ishtirokida tuman Kengashining navbatdagi sessiyasiga kiritilishi rejalashtirilgan qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, atroflicha muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi H.Sharipov tomonidan Bahoriston mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.
Yoshlik mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati tahlil qilindi 📌 Yoshlik mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi”ning faoliyati, aholi bilan ishlash tizimi hamda mahallada amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Yoshlik mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi”ning faoliyati, aholi bilan ishlash tizimi hamda mahallada amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

📥 O‘rganishlarda Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi kotibiyati mudiri T. Gapparov, viloyat Kengashi deputati 

H. Qudratova hamda Kosonsoy tumani Kengashi kotibiyati mudiri D. Valieva ishtirok etdi.

📥 Tashrif davomida mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar, aholining turmush darajasi, fuqarolarni qiynayotgan dolzarb masalalar va ularning yechimi yuzasidan mas’ullar bilan atroflicha muloqot o‘tkazildi. Shu bilan birga, aholi murojaatlari bilan ishlash sifatini oshirish va mahallada amalga oshirilayotgan islohotlarning natijadorligini ta’minlash bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

📥 Shuningdek, “mahalla yettiligi” tomonidan bandlikni ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda mahallada obodonlashtirish ishlarini tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Slide 1 of 3