Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlik mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati tahlil qilindi 📌 Yoshlik mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi”ning faoliyati, aholi bilan ishlash tizimi hamda mahallada amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
"Tashabbusli byudjet" loyihasi doirasidagi qurilish ishlari deputat tomonidan o‘rganildi 🏦 Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining Majnuntol saylov okrugidan saylangan deputati M. Teshaboev tomonidan "Soycha" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida "Tashabbusli byudjet" loyihasi asosida amalga oshirilayotgan asfaltlash ishlarining borishi joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi. 🚜 O‘rganish davomida yo‘llarga asfalt qoplamasini yotqizish ishlarining sifati, belgilangan texnik talablarga rioya etilishi, qurilish ishlarining bajarilish darajasi hamda loyihaning amalga oshirilish sur’ati atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, pudratchi tashkilot va mas’ul mutasaddilar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ishlarni o‘z vaqtida va sifatli yakunlash masalalari muhokama etildi. 🤝 Deputat tomonidan ajratilgan byudjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish, qurilish ishlarida sifat nazoratini kuchaytirish hamda aholi uchun xavfsiz, zamonaviy va qulay yo‘l infratuzilmasini yaratish ustuvor vazifalardan ekani ta’kidlandi.
янв.21
Yoshlik mahallasidagi ichimlik suvi muammosi deputatlik nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashining 1-Bahoriston saylov okrugida deputatlik o‘rni vakant bo‘lganligi munosabati bilan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi H. Sharipov tomonidan hududda istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlari, ularni qiynayotgan dolzarb masalalar hamda mavjud muammolarni aniqlash maqsadida joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
Mahalliy budjet daromadlari va soliq tushumlari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Doimiy komissiya tomonidan sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Doimiy komissiya tomonidan “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalarni puxta va har tomonlama ko‘rib chiqish maqsadida tegishli nazorat-o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining 22-Obod saylov okrugidan saylangan deputati I.Murodov tomonidan 665-sonli qaror ijrosi yuzasidan nazorat-o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashi kotibiyati mudiri D.Valiyeva tomonidan aholi murojaatlari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi 👥 Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashi kotibiyati mudiri D.Valiyeva tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularni qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish hamda amaliy yechim topish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. 🤝 Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan ichimlik suvi ta’minoti, elektr energiyasi, ichki yo‘llarni ta’mirlash, bandlik, ijtimoiy yordam, kommunal xizmatlar sifati, kadastr va yer masalalari, sog‘liqni saqlash hamda boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega masalalar yuzasidan murojaatlar va takliflar bildirildi. Har bir murojaat yuzasidan fuqarolar bilan batafsil suhbat o‘tkazilib, ularning mazmun-mohiyati atroflicha o‘rganildi. Qabul davomida ayrim masalalarga amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirishlar berildi, tezkor hal etilishi mumkin bo‘lgan murojaatlar joyida ijobiy yechim topdi. Qo‘shimcha o‘rganish va mutasaddi tashkilotlar ishtirokini talab etadigan murojaatlar esa tegishli idoralarga yo‘naltirilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
Kotib

Deputat “mahalla yettiligi” vakillari bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-402-son qaroriga muvofiq ishlar tashkil etilayotgani bo‘yicha suhbatlashdi.

O‘tkazilgan o‘zaro muhokamalar jarayonida mavjud muammolarni tizimli hal etish, hududni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklandi. 

Shuningdek, D.Soliyev mahallaga tashrifi davomida ichki yo‘llar holatini o‘rganib, tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishini belgilab oldi.

Slide 1 of 3