🔰Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Ra’no Fozilova hamda koribiyat bosh mutaxassisi D.Ulug'bekova tomonidan tumandagi "Beshkapa" mahallasida ijtimoiy xodimlar faoliyati o‘rganildi.
📝O‘rganish jarayonida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilgani aniqlandi. Xususan, muborak ro‘za kunlarida 48 nafar nogironga 1 000 000 so‘mdan moddiy yordam ajratildi. “Vaqf” fondi tomonidan 16 nafar fuqaroga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Shuningdek, 2 nafar nogiron shaxs ish bilan ta’minlandi.
♻️Bundan tashqari, bitta fuqaroga 12 000 000 so‘m qiymatidagi qo‘l protezi olib berildi.
❇️Yana bir e’tiborga molik jihat shuki, bir nafar chin yetim bolaning IT sohasida ta’lim olishi uchun 7 000 000 so‘m miqdorida to‘lov amalga oshirildi. 1 ta fuqaroga nogironlar aravachasi berilib, unga 6 oylik moddiy yordam puli tayinlandi.
✅Mazkur ishlar hududda ijtimoiy himoya tizimi samarali yo‘lga qo‘yilganidan dalolat beradi.