🏆 Ushbu loyiha xalq deputatlari Shofirkon tumani Kengashi deputati Mavlonov Hazrat Ravshanovich (12-Alisher Navoiy saylov okrugi) tashabbusi bilan ishlab chiqilgan bo‘lib, hudud infratuzilmasini tubdan yaxshilashga qaratilgan.
Loyiha qamrovi:
“Talsangobod” MFY hududidagi 60 ta eski simyog‘och zamonaviy beton ustunlarga almashtirilmoqda
“Chakar” va “Talsang” ko‘chalarida tomorqa yerlarini sug‘orish uchun nasos o‘rnatish ishlari yo‘lga qo‘yildi
💧 Natijada 518 nafar aholi tomorqa suv ta’minotiga ega bo‘ladi, hududda infratuzilma sifati sezilarli darajada yaxshilanadi.
💰 Loyiha qiymati: 200 million so‘m
🚧 Ayni paytda loyiha doirasidagi amaliy ishlar jadal sur’atlarda davom etmoqda.
✨ Bu yutuq – hududni obod qilish, aholi farovonligini oshirish va muammolarni bosqichma-bosqich hal etish yo‘lida muhim qadamdir!
📢 Xalq uchun qilinayotgan har bir ezgu tashabbus – albatta o‘z samarasini beradi!