Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Халқ депутатлари Косонсой туман Кенгашининг навбатдаги ўн тўққизинчи сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
🔰 Kushon MFYda amaliy muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰“Xalq bilan birga” – ta’lim sifatini oshirish yo‘lida muhim qadam
янв.21
🔰 Davlat grantlari doirasida ijtimoiy ob’ektlar o‘rganild
янв.21
🔰«Inson» markazi — Kosonsoyda ijtimoiy himoyaning ishonchli manzili
янв.21
🔰Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🌴Kosonsoy tumani 24-Navbahor saylov okrugida “Yashil makon” doirasida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
🔰DEPUTAT SO‘ROVIGA AMALIY JAVOB: MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Kosonsoyda deputat va tadbirkor uchrashuvi
янв.21
📢 “Yoshlik MFY”da ichimlik suvi masalasi hamda 50-maktabning yangi qurilgan sport zaliga sport anjomlari yuzasidan deputatlik so‘roviga javob olindi
Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi doimiy komissiyasi tomonidan Tashabbusli byudjet loyihalari ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi doimiy komissiyasi tomonidan Tashabbusli byudjet loyihalari ijrosi o‘rganildi

📌Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashining “Yakkasaroy tumani “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston Respublikasi “Ochiq byudjet” axborot portali orqali tashabbusli byudjet jarayonining 2026-yil I mavsum davrida eng ko‘p ovoz to‘plagan taklif loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha manzilli ro‘yxatni tasdiqlash hamda mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida” 2026-yil 26-martdagi III-26-35-14-207-K/26-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

▪️Mazkur qarorga asosan, Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari tomonidan tashabbusli byudjet loyihalarining amaliy ijrosi yuzasidan joylarga chiqib o‘rganish ishlari tashkil etildi.

▪️Xususan, Yakkasaroy tumani tashabbusli byudjet loyihasining 2026-yil I mavsumida fuqarolar tomonidan faol ovoz berish orqali qo‘llab-quvvatlangan va g‘olib deb topilgan loyihalar doirasida, Yakkasaroy tumani A.Qahhor mahallasida joylashgan Yakkasaroy tumani Madaniyat markazi binosini rekonstruksiya qilish hamda mukammal ta’mirlash ishlari holatini o‘rganish maqsadida mazkur obyektga tashrif buyurildi.

▪️O‘rganish jarayonida Yakkasaroy tumani Madaniyat markazi binosini rekonstruksiya qilish hamda mukammal ta’mirlash ishlari yuzasidan mavjud holat batafsil ko‘zdan kechirildi. Jumladan, binoning texnik holati, rekonstruksiya va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar, loyiha asosida bajarilishi rejalashtirilgan ishlar hajmi hamda ularning sifatli tashkil etilishi masalalari atroflicha muhokama qilindi.

▪️Mazkur o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Maxkamov Javoxir Mirvasilovich hamda komissiya a’zolari — Alimov Obid Karimdjonovich, Ziyarxodjayev Batir Nasrullayevich, shuningdek Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi bosh mutaxassisi D. Abdullajonov hamda Yakkasaroy tumani Madaniyat markazining mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.

▪️Ular tomonidan Madaniyat markazi hududida amalga oshirilishi rejalashtirilgan rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash ishlarining hozirgi holati joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi hamda loyiha doirasida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarning sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

▪️Shuningdek, mazkur loyiha doirasida amalga oshiriladigan qurilish-ta’mirlash ishlarining belgilangan muddatlarda va sifatli bajarilishini ta’minlash, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ul tashkilotlar oldiga tegishli vazifalar qo‘yildi.

✏️Yuqoridagi holat yuzasidan mazkur loyiha ijrosi doimiy nazoratga olindi hamda kelgusida uning borishi yuzasidan tizimli monitoring olib borilishi belgilandi.

Slide 1 of 1