Xalq deputatlari Koson tumani Kengashiga 11-Obron okrugidan saylangan deputat Rahila Islamova “Quyi Obron” MFYda O‘zbekiston Respublikasi yangi qabul qilingan Qonuni, Prezident Farmoni va qarorlari ijrosi, ularning mazmun-mohiyati, oilaviy tadbirkorlik va yangidan tadbirkorlikni boshlashda yaratib berilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishtirdi.
Uchrashuvda, ishtirokchilar takliflari va ularni qiynayotgan muammolarini nazoratga olib, aholi muammolari yuzasidan tuman tashkilotlariga deputat so‘rovi yuorib masalani belgilangan tartibda hal qilishga kelishib olindi.