Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

KELAJAK SARI DADIL QADAM: BITIRUVCHILAR BILAN UCHRASHUV

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi raisi, deputat P.Ro‘ziboyev Urganch davlat universiteti bitiruvchi talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Uchrashuv davomida yoshlarning kelgusi rejalari, bandlik masalalari, o‘z sohasida yetuk mutaxassis bo‘lib yetishish yo‘llari hamda yaratilayotgan imkoniyatlar haqida atroflicha fikr almashildi. 

Shuningdek, bitiruvchilar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. 

Mazkur uchrashuv yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash va kelajakka bo‘lgan ishonchini yanada oshirishga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 2