Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Koson tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Asrol Boykarayev va Xalq deputatlari Koson tumani Kengashi raisi Ubaydullo Ochilovlar tumandagi “Lolazor” mahallasida o’rganish ishlarini o’tkazdi.
янв.21
Murojaatlar va muammolar o‘rganilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Koson tumani Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Halima Sattorova tomonidan tumandagi muammoli oilalar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Koson tumani Kengashiga 11-Obron okrugidan saylangan deputat Rahila Islamova “Quyi Obron” MFYda O‘zbekiston Respublikasi yangi qabul qilingan Qonuni, Prezident Farmoni va qarorlari ijrosi, ularning mazmun-mohiyati, oilaviy tadbirkorlik va yangidan tadbirkorlikni boshlashda yaratib berilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishtirdi.
янв.21
Xalq deputatlari Koson tumani Kengashiga 10-Nartibalan okrugidan saylangan deputat Dustmurod Boborajabov tumannning Gulshahar ko‘chasida joylashgan qurilish maydonida o‘rganish o‘tqazdi.
янв.21
Partya hamkorligi va deputat so‘rovlari tahlil muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komisiya yig‘ilishi
янв.21
Yerdan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv
янв.21
Doimiy komissiya hamkorligi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 21-Anorzor saylov okrugi deputati Dilbar Rustamova O‘zbekiston Nogironlar jamiyati Boyovut tuman hududiy bo‘linmasi raisi X.Raxmatovga deputat so‘rovi bilan murojaat qilgandi. 

Deputat So‘rovining qisqacha mazmuni:

“Anorzor” mahallasi hududida 157 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar istiqomat qilmoqda. Shundan kelib chiqib, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, turmush tarzini yaxshilash hamda sog‘ligini tiklash maqsadida yetuk mutaxassislar ishtirokida bepul chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikni tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatilishi takidlangan.

Deputat so‘roviga asosan, Boyovut tumanida “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga huquqiy ko‘mak” shiori ostida huquqiy aksiya tashkil etildi. Boyovut tuman adliya bo‘limi hamda O‘zbekiston Nogironlar jamiyati Boyovut tuman bo‘linmasi hamkorligida “Anorzor” mahallasida o‘tkazilgan mazkur tadbir “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu shior ostida o‘tib, mahalliy aholining ijtimoiy, huquqiy va tibbiy ehtiyojlariga bevosita javob beradigan ochiq muloqot ruhida kechdi.

Slide 1 of 6