Deputatlar va “mahalla yettiigi”
hamkorligi
15.04.2025
🔷 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi
deputatlari Baxodir Abdulmamatov , Shuxratjon Raximovlar
tumanning Vodil, Sanoat mahalla
fuqarolar yig‘ini yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🔷 “Mahalla yettiligi” bilan suhbat jarayonida Xalq
deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlariB.Abdulmamatov , Sh.Raximovlar “Aholini korrupsiyaga qarshi kurashishda
faolligini oshirish – qonun ustuvorligi garovi” ekanligini, korrupsiyaga qarshi
kurashish borasida birgalikda kurashish kerakligini ta’kidlab o‘tdi.
🔷 Uchrashuv davomida
mahallalarda aholini e’tirozlariga sabab
bo‘layotgan muammolar o‘rganilib, mazkur masalalar "mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda bartaraf etishga kelishib olindi.