35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
“Ahil” mahallasida olib borilayotgan qurilish ishlarining qonuniyligi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ “Ahil” mahallasida olib borilayotgan qurilish ishlarining qonuniyligi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Saidmurod Ibragimov tomonidan Olmazor tumani “Ahil” mahallasidagi qurilish ishlari yuzasidan Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i Q.S. Praliyev nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📩 Deputatlik so‘rovi 10-“Chuqursoy” saylov okrugida olib borilgan o‘rganishlar davomida “Ahil” mahallasi raisi, faollari hamda aholidan kelib tushgan jamoaviy murojaat asosida tayyorlandi. Murojaatda Uzum bog‘ 9-tor ko‘chasi hududida 8 ta kottej qurilishi olib borilayotgani va mazkur qurilish bilan bog‘liq qator masalalar ko‘tarilgan.

🏗 Fuqarolarning murojaatida qurilish ishlari 2026-yil 6-iyundan boshlanganligi, qo‘shni yer uchastkalari mulkdorlarining tegishli tartibdagi roziligi to‘liq olinmagani bildirilgan. Shuningdek, qurilayotgan obyekt derazalarining qo‘shni yer uchastkalariga qarashi, qurilish ishlari avval rejalashtirilgan yo‘l o‘rnida, umumiy foydalanishdagi hududga tutash joyda olib borilayotgani hamda qo‘shni yer uchastkalaridan foydalanish holatiga ta’sir ko‘rsatayotgani yuzasidan e’tirozlar bayon etilgan.

⚠️ Mazkur masala yuzasidan fuqarolar avval ham tegishli tashkilotlarga murojaat qilgan. Hujjatda qayd etilishicha, Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasining 2026-yil 7-iyuldagi tegishli xulosasida Olmazor tumani “Ahil” MFY, Uzum bog‘ 9-tor ko‘chasi 71-uy manzilidagi obyekt “o‘zboshimchalik bilan qurilgan” deb ko‘rsatilgan hamda qurilish ishlarini 15 kun muddatda o‘z hisobidan bartaraf etish lozimligi bildirilgan.

📁 Biroq fuqarolarning 2026-yil 21-avgustdagi murojaatida mazkur ko‘rsatma va xulosaga qaramasdan, qurilish ishlari davom ettirilayotgani qayd etilgan.

🔎 Shu munosabat bilan deputat Saidmurod Ibragimov inspeksiya boshlig‘i Q.S. Praliyevdan Uzum bog‘ 9-tor ko‘chasi 71-uy manzilida olib borilayotgan qurilish ishlarining qonuniyligini o‘rganish, obyekt bo‘yicha zarur ruxsat beruvchi va loyiha hujjatlari hamda tegishli kelishuvlar mavjudligini aniqlashni so‘radi.

📉 Shuningdek, qurilish ishlarining qo‘shni yer uchastkalari mulkdorlari huquq va qonuniy manfaatlariga hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiqligiga huquqiy baho berish, avval berilgan xulosa va ko‘rsatmalar ijrosini o‘rganish hamda qonunchilikda belgilangan tegishli choralarni ko‘rish masalalari deputatlik so‘rovida qo‘yilgan.

💡 Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i Q.S. Praliyevdan o‘rganish natijalari va ko‘rilgan choralar yuzasidan 10 kun muddatda yozma ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

🤝 Mazkur masala fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, qurilish va shaharsozlik talablariga rioya etilishi hamda vakolatli organlarning tegishli xulosalari ijrosini ta’minlash maqsadida deputat Saidmurod Ibragimov tomonidan nazoratga olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1