35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
14-KENGASH SAYLOV OKRUGIDAGI TO‘QQIZ ARIQ MAHALLASI UCHUN YANGI BINO TOPSHIRILDI

   Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Andijon shahrida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay va zamonaviy sharoitlar yaratishga qaratilgan ezgu ishlar izchil davom etmoqda.

Xususan, 14-Kengash saylov okrugidagi To‘qqiz ariq mahallasida zamonaviy mahalla binosi foydalanishga topshirildi.

Davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilgan yangi bino mahalla yettiligi faoliyati uchun barcha zarur sharoitlar bilan ta’minlangan bo‘lib, zamonaviy texnika va jihozlar bilan jihozlandi.

Uzoq yillik orzu va sa’y-harakatlarning amaliy natijasi bo‘lgan mazkur yangi bino mahalla aholisi uchun yanada sifatli va qulay xizmat ko‘rsatishga xizmat qiladi.

Yangi bino mahalla faollari, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Slide 1 of 3