35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.

 Shunday tadbirlardan biri 4-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Unda xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova
ishtirok etdi.
Tantanali tadbirda maktab jamoasi, o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota-onalar hamda bu yil maktab ostonasiga ilk
bor qadam qo‘yayotgan 1-sinf o‘quvchilari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida yangi o‘quv yili munosabati bilan o‘quvchilarga ezgu tilaklar bildirilib, ularni bilim olishga, kitob mutolaasiga, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida kamol topishga chorlovchi
fikrlar bildirildi.
Viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova o‘z so‘zida yosh avlodning sifatli ta’lim-tarbiya olishi, ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratilishi mamlakatimizdagi islohotlarning muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi. Shuningdek, o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan samimiy muborakbod etib, ularga mustahkam sog‘lik, yuksak natijalar va ulkan zafarlar tiladi. 

Slide 1 of 6