Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati A.Djabborov “Mehr va saxovat oyligi” hamda “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida Xamza mahallasida obodonlashtirish va xavfsizlik borasidagi ishlarni o‘rgandi.
Mahalla faollari bilan birgalikda aholi xonadonlari va ko‘chalar holati ko‘zdan kechirildi. Jinoyatchilik va kiberjinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Aholi muammolari “Ko‘chama-ko‘cha yurish” daftariga qayd etilib, mahalla kirish-chiqish joylariga kuzatuv kameralarini o‘rnatish belgilandi.
Obod mahalla — xavfsiz va farovon hayot!