Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab bayram tadbirlari ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.
Kuni kecha Bekobod tumani O‘zbekobod mahallasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida “Mustaqillik to‘yi” festivali bo‘lib o‘tdi.
🎉 Bayram tadbirida 13-O‘zbekobod saylov okrugidan Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga saylangan deputat Sh. To‘raqulova so‘zga chiqib, yurtdoshlarimizni ulug‘ ayyom — Mustaqillik bayrami bilan samimiy tabrikladi.
🌿 Mustaqillik — tinchligimiz, birlik va farovon kelajagimiz timsoli!