35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA MARKAZIY DEHQON BOZORIDA JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 25-“Oydin” saylov okrugidan saylangan deputat Ismailov Qamariddin Abduraximovich tomonidan tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasi ijrosi doirasida
“Parkent dehqon bozori” MChJ ma’muriyati bilan hamkorlikda dehqon bozorida jamoatchilik nazorati o‘tkazildi.Nazorat davomida “Parkent dehqon bozori” MChJ direktori M.Egamberdiyev bilan bozor faoliyati yuzasidan suhbatlashilib,savdo rastalari, to‘lov tizimi va xavfsizlik choralari haqida ma’lumot olindi.Bugungi kunda bozorda 329 ta savdo rastasi faoliyat yuritayotgani, ular bo‘yicha kunlik to‘lovlar CLIC ilovasi orqali onlayn amalga oshirilayotgani, bozor hududiga 18 ta kuzatuv kamerasi o‘rnatilgani hamda to‘lovlar elektron tizim orqali nazorat qilinayotgani ma’lum qilindi.Shuningdek, deputat tomonidan “maktab yarmarkasi” faoliyati o‘rganilib, sotilayotgan o‘quv qurollarining narxlari va xaridorlar uchun yaratilgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi.“Arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi”da esa go‘sht, guruch, piyoz, sabzi, kartoshka va boshqa asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari, sifati hamda aholiga yetkazib berilishi holati o‘rganildi.O‘rganish natijasida kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligi ta’minlanganligi qayd etildi. Bu esa aholining xarid qobiliyatini saqlash va kundalik iste’mol ehtiyojlarini qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi.Nazorat davomida tadbirkorlar bilan ham muloqot qilinib, narxlarning asossiz oshishiga yo‘l qo‘ymaslik, aholini sifatli va hamyonbop mahsulotlar bilan barqaror ta’minlash hamda mavsumiy mahsulotlar zaxirasini muntazam to‘ldirib borish yuzasidan tavsiyalar berildi.Jamoatchilik nazorati yakunida bozor hududida savdo madaniyatini yanada yuksaltirish, sog‘lom raqobat muhitini mustahkamlash,oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash va aholining manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.
  

Slide 1 of 7