Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi

Bo‘stonliq tumanidagi “Burchmullo” davlat o‘rmon xo‘jaligi xodimlari ishtirokida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi raisi O.Babayev ishtirok etib, Respublikamizda olib borilayotgan islohotlar, erishilayotgan natijalar bilan tanishtirdi.

🟢Shu bilan birga tumanimizda 2020 yilga nisbatan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha o‘sish sur’ati 95,3 foizga, qishloq xo‘jalik mahsulotlari 109,8 foizga, qurilish-pudrat ishlari 88,7 foizga  xizmat ko‘rsatish 103,3 foizga, chakana savdo aylanmasi 84,4 foizga o‘sdi. Faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar soni 6 yil oldin 2 117 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 3 048 nafarga yetib, o‘sish sur’ati 143,9 foizga yetdi. Yaratilgan yangi ish o‘rinlari natijasida ishsizlik darajasini 8,0 foizdan 4,5 foizga qisqartirishga erishilganligi haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari E.Bayniyazov ishtirok etib, Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi Q.Rafikovning “Millat Shavkati” kitobi haqida maro‘za o‘tkazdi. Kitobning asosiy mavzusi – Yangi O‘zbekistonda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy o‘zgarishlar, davlat boshqaruvi, milliy taraqqiyot, xalqning dunyoqarashi va mamlakat kelajagi haqidagi mulohazalardan iborat bo‘lib, Davlatimiz Rahbarining Yangi O‘zbekistondagi islohotlarini siyosiy, huquqiy, falsafiy va ma’naviy nuqtai nazardan tushunishga yo‘naltiruvchi asar hisoblanadi.

🟢Uchrashuv ishtirokchilari ushbu tadbirdan qoniqish hosil qilgan holda ko‘tarilgan mavzular yuzasidan tinglangan ma’lumotlarni ishchi-xodimlar va aholi orasida keng targ‘ibot qilishlarini belgilab oldilar.

Slide 1 of 2