Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
GO‘SHT VA GO‘SHT MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

GO‘SHT VA GO‘SHT MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan go‘sht va go‘sht mahsulotlari xavfsizligi hamda ularni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish jarayonlari ustidan deputatlik nazorati olib borilmoqda.
📩 Shu maqsadda, 2026-yil 28-avgust kuni doimiy komissiya raisi Turayev Feruz Erkinovich tomonidan tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i I. Boliyevga rasmiy xat yuborildi.
📋 So‘rov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-maydagi 386-son qarori ijrosini tumanda o‘rganish va qaror talablarining amalda bajarilish holatini tahlil qilish maqsadida yuborildi.
🔎 Jumladan, quyidagi masalalar yuzasidan ma’lumot so‘raldi:
▪️ tumandagi ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalari va so‘yish punktlari faoliyati;
▪️ ularning veterinariya-sanitariya talablariga muvofiqligi;
▪️ go‘sht va go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash hamda realizatsiya qilish jarayonlarida belgilangan tartiblarga rioya etilishi;
▪️ 2026-yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar va mavjud muammolar.
📌 Mazkur o‘rganishlarning asosiy maqsadi — aholiga sifatli va xavfsiz go‘sht mahsulotlari yetkazib berilishini ta’minlash, veterinariya-sanitariya talablariga rioya etilishini kuchaytirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishdan iborat.
🤝 Deputatlik nazorati — xalq salomatligi va iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi muhim qadam!