Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
#162_qonun


✅Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi 17-Xo‘jayuz saylov okrugi deputati O‘ktam Tangirov tomonidan Xo‘jayuz mahallasida profilaktika inspektori bilan hamkorlikda hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
✅O‘rganish davomida mahallada jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, giyohvandlik vositalari hamda psixotrop moddalar bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning profilaktikasini kuchaytirish, spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilish bilan bog‘liq salbiy holatlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅Shuningdek, voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, muammoli oilalar va profilaktik hisobda turuvchi shaxslar bilan manzilli profilaktik ishlarni olib borish holati muhokama qilindi.
Mazkur ishlar “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-263-son, 2010-yil 29-sentabr) talablari asosida tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratildi.
✅O‘rganish yakunlari bo‘yicha mahallada osoyishtalik va jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda voyaga yetmaganlar bilan profilaktik ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3