Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
#19_1_modda

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquq masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish sohasini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PF–185-sonli Farmonining 2026-yil II chorakdagi ijrosi yuzasidan Toyloq tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Shavkat Sultonovning hisoboti atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida tuman hududidagi mahallalarda joylashgan suv havzalari va ularning atrofi ko‘zdan kechirilib, aholi, ayniqsa, yoshlar va bolalar xavfsizligini ta’minlash, suv havzalaridan foydalanishda ehtiyot choralariga rioya etish hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mas’ul xodimlar bilan korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, xizmat vazifalarini qonuniy va halol bajarish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash yuzasidan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

O‘rganish yakunlari navbatdagi sessiyada muhokama qilinib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berilishi belgilandi.

Slide 1 of 3