Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
OLMAZOR KO‘CHASIDA TEMIR-BETON LOTOKLAR O‘RNATILISHI O‘RGANILDI

 OLMAZOR KO‘CHASIDA TEMIR-BETON LOTOKLAR O‘RNATILISHI O‘RGANILDI

✔️ Tuman markazidagi Olmazor ko‘chasida joylashgan tadbirkorlik sub’ektlari uchun qulay sharoit yaratish, hududning obodonligini ta’minlash hamda irrigatsiya tizimini yaxshilash maqsadida qator infratuzilma ishlari amalga oshirilmoqda.

✔️ Mazkur ishlar doirasida Olmazor ko‘chasining 2 kilometr qismida temir-beton lotoklar o‘rnatish rejalashtirilgan. Lotoklarni o‘rnatish ishlari piyodalar yo‘lakchasi qurilishi va hududni obodonlashtirish ishlari bilan uyg‘un holda olib borilmoqda.

✔️ Ushbu jarayon Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi B.K.Xaitov, kotibiyat mudiri O‘.Murodov, deputatlar F.Tursunqulov, Z.O‘zbekova va S.Majidovalar birgalikda bajarilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganish davomida temir-beton lotoklarni o‘rnatish sifati, ularning belgilangan yo‘nalish bo‘yicha joylashtirilishi, suv oqimini to‘g‘ri yo‘naltirish va hududdagi obodonlashtirish ishlari bilan uyg‘unligiga e’tibor qaratildi.

✔️ O‘rganish jarayonida lotoklarni o‘rnatishda ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani ham qayd etildi. Jumladan, ayrim qismlarda lotoklarning o‘rnatilish holati va yer ishlarini bajarish sifatini yanada yaxshilash zarurligi belgilandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ishlarni belgilangan texnik talablar asosida sifatli bajarish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

✔️ Deputatlar tomonidan lotoklarni o‘rnatish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, shuningdek, keyinchalik suv o‘tkazish tizimining samarali ishlashini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.

✔️ Mazkur ishlar to‘liq amalga oshirilishi natijasida Olmazor ko‘chasida suv oqimlarini tartibga solish, hududni obodonlashtirish hamda tadbirkorlik sub’ektlari va aholi uchun yanada qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5