Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish, tez tibbiy yordam va kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar holati o‘rganildi
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish, tez tibbiy yordam va kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining “20-So‘fiyon” saylov okrugidan saylangan deputat T.Mirzaev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Xamdamova tomonidan tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasining 19–34-bandlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, tez tibbiy yordam ko‘rsatish hamda aholiga kafolatlangan bepul tibbiy yordam xizmatlarining ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
Shu maqsadda tuman tibbiyot bo‘limida bo‘lib, davolanayotgan fuqarolar bilan ochiq muloqot va davra suhbati o‘tkazildi.
Suhbat davomida fuqarolarning tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari, shifokorlar va tibbiyot xodimlarining munosabati, dori-darmon ta’minoti, tez tibbiy yordam xizmatining o‘z vaqtida ko‘rsatilishi, shuningdek, kafolatlangan bepul tibbiy yordam doirasida amalga oshirilayotgan xizmatlar yuzasidan fikr-mulohazalari va takliflari eshitildi.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar, tuman Tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limida qo‘shimcha xonalar ajratish, birlashmada ayniqsa kuz-qish mavsumlarida elektr ta’minoti uzliksizligini ta’minlash masalalar va takliflar mas’ullar ishtirokida muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.
O‘rganish jarayonida tibbiy xizmatlarni aholiga yanada sifatli va manzilli ko‘rsatish, fuqarolar murojaatlariga e’tiborni kuchaytirish, tez tibbiy yordam xizmatining samaradorligini oshirish hamda kafolatlangan bepul tibbiy yordam xizmatlaridan aholining to‘liq va qonuniy asosda foydalanishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Aniqlangan holatlar va fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar tuman Kengashining tegishli komissiyalari hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqilib, nazoratga olinishi belgilandi.
Slide 1 of 3