Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Deputat Tashpolat Matibayev “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Deputat Tashpolat Matibayev “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

🏛 “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida keng nishonlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan turli sohalarda yurtimiz rivoji va taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh faol yurtdoshlarimiz taqdirlandi.

🏅 Quvonarlisi, ular qatorida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Tashpolat Matibayev ham “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

📝 Mazkur ko‘krak nishoni mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil etish, milliy qadriyatlar va ma’naviy merosimizni asrab-avaylash, jamiyatda yuksak ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish yo‘lida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizga beriladi.

🔎 Ushbu yuksak e’tirof deputatning jamoatchilik hayotidagi faolligi, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi tashabbuslari hamda Vatan ravnaqi yo‘lidagi munosib xizmatlariga berilgan yuksak bahodir.

📋 Tashpolat Matibayevni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 3