Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Mahallada yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi



Yurtdoshlarimiz, ayniqsa, navqiron avlod vakillarining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda bandligiga ko‘maklashish — xalq vakillarining doimiy diqqat-markazida!

Mahalla faollari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishdan so‘ng, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, Kengashning 12-“Saxovat” saylov okrugi deputati X.Jurayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar “Tinchlik” mahallasida bo‘lib, yoshlar yetakchisining amaliy faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ–406-sonli Qonuni asosida tahlil qilindi.

O‘rganish natijalari:

🔹 Mahallada jami 1 448 nafar yosh istiqomat qiladi va ularning 100 foizi xatlov hamda o‘rganish bilan qamrab olingan.

🔹 Yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida 13 ta ijtimoiy loyiha va 35 ta tadbir amalga oshirilgan.

🔹 970 nafar yosh “Besh tashabbus olimpiadasi”ga jalb etilgan.

🔹 25 nafar iqtidorli yosh aniqlanib, ularning iste’dodini rivojlantirishga ko‘maklashilgan.

🔹 Yoshlar bandligi yo‘nalishida 5 nafar yosh ishga joylashtirilgan, 5 nafari kasb-hunarga o‘qitilgan, 5 nafari tadbirkorlikka jalb qilingan hamda 5 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

🔹 Shuningdek, 5 nafar yosh o‘zini o‘zi band qilgan.

💰 Yoshlar bilan bog‘liq yo‘nalishlarga jami 55 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.

O‘rganishlar yakunida mas’ullar yoshlar yetakchisiga har bir mahalla yoshining iqtidori va muammosiga individual yondashish, ularni zararli g‘oyalar ta’siridan asrash hamda davlatimiz yaratib berayotgan imkoniyatlardan keng foydalanishlarini ta’minlash bo‘yicha tegishli deputatlik tavsiya va ko‘rsatmalarini berdi.