35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мустақиллик байрами — эзгулик ва меҳр-оқибат айёми
янв.21
«Мадад» ННТ билан ҳамкорликда ҳуқуқий тарғибот тадбири ташкил этилди
янв.21
«ЭКСПЕРТ» ГУРУҲИ ЙИҒИЛИШИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИ: МУАММО ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛИШИ КУТИЛМОҚДА
янв.21
Конимех туманида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди.
янв.21
“Ёшлар гузари”да ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари ўрганилди
янв.21
«Янги ўқув йилига тайёргарлик — депутатлик назоратида»
янв.21
Бепул бериладиган дори воситалари билан таъминлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Kotib

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Mirzo Ulug‘bek tumani “Komolot” mahallasida bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda va yuqori saviyada tashkil etildi.

Unda xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi 11-“Kamolot” okrugi deputati, O‘zbekiston XDP a’zosi Kim Vitaliy Gennadevich ishtirok etib, mahalla aholisini Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi.

Tadbirda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar, xotin-qizlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Unda yurtimiz taraqqiyoti, tinchlik va osoyishtalikni asrash, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va islohotlar haqida so‘z yuritildi.

Bayram dasturi doirasida milliy kuy-qo‘shiqlar, folklor va badiiy chiqishlar, urf-odatlarimizni aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Mahallada bayram dasturxoni-bu qo‘shnilarning birdamligi, saxovati va mehmondo‘stligini ko‘rsatadigan jamoaviy tadbirdir.

Slide 1 of 5